15 nafar nuroniyga 300 ming so‘mdan pul mablag‘lari berildi

Туман янгиликлари

Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat, mahalla va oilalarda tinchlik va osoyishtalikni, oilalar mustahkamligini ta’minlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalashdagi rolini yanada oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmokda.

Shuningdek, davlatimiz tomonidan yakka-yolg‘iz va ijtimoiy himoyaga muhtoj naroniylarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, turli moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda. Bu borada Amudaryo tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar e’tiborga molik.

Joriy yil 21 yanvar kuni Amudaryo tumani Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining maslahatchisi Bahodir Boltabayev Nuroniy jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi mutaxassisi Jamshid Otarbayev bilan birgalikda tumandagi yakka-yolg‘iz, ijtimoiy himoyaga muhtoj va uyida yotib qolgan nuroniylar holidan xabar oldilar va 15 nafar nuroniyga har biriga 300 ming so‘m miqdorida pul mablag‘lari berdilar.

B.TO‘RABAYEV,

Amudaryo tumani Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mutaxassisi