QISHNING AYOZLI KUNLARIDA HAM BARRA KO‘KATLAR YETISHTIRAYOTGAN TOMORQACHI

Туман янгиликлари

Qipchoq ovulida istiqomat qiluvchi, dehqonchilikda ulkan tajribaga ega Bekbergan Tilovboyevning o‘g‘li Otabek o‘z xonadoni tomorqasida imtiyozli kredit evaziga o‘tgan yili 3 sotixlik issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘ygan edi.

Dehqonchilik sir-asrorlarini otasidan o‘rgangan Otabek ushbu hududda qishning ayozli kunlarida ham ko‘k piyoz, ismaloq, salat bargi petrushka, ukrop yetishtirib, bozorga chiqarayapti. Oilaning daromad manbai yana bittaga ko‘payganidan ular juda xursand.

Suratda: Bekbergan Tilovboyev o‘g‘li Otabek bilan.

Mahmudjon SHOMURODOV olgan surat.