Tuman DSI tomonidan tadbirkorlarga tegishli obyektlarga quyosh panellari o‘rnatishga ko‘maklashilmoqda

Туман янгиликлари

Hozirgi vaqtga kelib dunyoda an’anaviy energiya turiga qaraganda noan’anaviy energiya turiga bo‘lgan qiziqish oshib bormoqda. Ushbu noan’anaviy energiya turlari muqobil energiya manbalari deb ham yuritiladi. Muqobil energiya manbalariga quyosh, shamol, to‘lqin energiyasi, biomassa va boshqalarni misol qilishimiz mumkin.
O‘zbekiston sharoitida shamol va quyosh energiya manbalaridan keng foydalanish imkoniyati mavjud.
Quyosh energiyasi qayta tiklanuvchi energiya va ekologik toza maxsulot hisoblanadi, ya’ni ishlash vaqtida atrof muxitga zararli moddalarni chiqarmaydi.
 Yurtimizda ushbu muqobil energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab qarorlar tasdiqlanganligini va keng ko‘lamda ishlar olib borilayotganini ko‘rishimiz mumkin.  
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori qabul qilingan edi.
 Maqsad− ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini ta’minlashdir.
Amudaryo tumanida ham bu boradagi ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
 Tuman DSI tomonidan tumanimizda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan savdo shaxobchalariga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Ortiqcha chiqindilarsiz va ekalogiyaga zarar yetkazmagan holda, shuningdek qayta tiklanish xususiyatiga ega bo‘lgan quyosh panellari tadbirkorlar uchun ko‘plab qulayliklar yaratmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.