Tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani o'tkazildi

Туман янгиликлари

Tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani o'tkazildi. Anjumanda tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari F.Eshimbetova, tuman hokimligining bosh mutaxassisi Rashid Abdullayev, tuman hokimligining mas'ul xodimlari, jurnalistlardan  Shaxlo Sabirova, Diana Bazarbayevalar ishtirok etishdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan ma'limotlar berildi.

Aytib o'tilganidek, 25mlrd 595mln.so‘mpul mablag‘lari ajratilishi belgilangan.(jami 26 ta obyekt, shundan 20 ta mahallada ichki yo‘llarni ta’mirlash, 2 ta mahallada suv inshootlarini rekonstruksiya qilish, 2 ta mahallada mahalla ma’muriy binosini va 1 ta mahallada bolalar sport maydonchasini yangidan qurish, 1 ta mahallada elektr tarmoqlarini tortish)
Ushbu ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan tumanimizning ovul va mahallalari hududlaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish rejalashtirilgan

.
Jumladan:
-  Umumiy qiymati 11 mlrd 267 mln.so‘mlik tuman hududidagi 20taovul va mahallalardagi jami 55,2 km uzunlikdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, shundan 51,5 km uzunlikda tosh-shag‘al yotqizish, 1,6 km uzunlikda asfalt qoplamasini yotqizish va 2,1 km uzunlikda SHPS qoplamasini yotqizish ishlari belgilangan bo‘lib, bugungi kunda jami obyektlarda350 mln.so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan (3,1 %);
-  “Namuna” mahallasihududidaichimliksuvita’minotiniyaxshilashmaqsadidaqiymati 5mlrd597,2mln.so‘mlik 1 tatozalangan suv tarqatish inshootini yangidan qurish va 7,1kmuzunlikdagi suvtarmoqlariniyangidantortish ishlari;
-  “Qumyop” mahallasihududidaichimliksuvita’minotiniyaxshilashmaqsadidaqiymati 6mlrd641,6mln.so‘mlik 1 ta tozalangansuvtarqatish inshootini yangidan qurish va 10,1kmuzunlikdagi suv tarmoqlarini yangidan tortish ishlari;
-  “Qipchoq” shaharchasi hududida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadidaushbu hududdagi 63 ta xonadonni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun qiymati 100 mln.so‘mlik 2 kmuzunlikda SIP-35 markalikabellarniyangidan tortish va 57 ta tayanch ustunlarini yangidan o‘rnatish ishlari belgilangan bo‘lib, bugungi kunda;
-  “Do‘stlik” mahallasihududidaqiymati 334,3mln.so‘mlik universal bolalarsport maydonchasini yangidan qurish ishlari;
-  Shuningdek, bugungi kunda tumanning “Xizr eli” mahallasi hamda “Yuqori qishloq” mahallalarining ma’muriy binolari mavjud bo‘lmaganligi sababli ushbu mahallalarga jami qiymati 1 mlrd 646,9 mln so‘mlik yangidan mahalla kompleksi binolarini qurish ishlarini rejalashtirilganbo‘lib, bugungi kunda Xizr eli mahallasining ma’muriy binosida 244 mln.so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bugungi kunda, barcha obyektlarning tender savdolari yakunlangan, belgilangan tartibda pudratchi tashkilotlari aniqlanib, qurilish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, pudratchi tashkilot tomonidan 15 ta ovul va mahallalardagi jami 44,4 km uzunlikdagiichki ko‘cha yo‘llariga tosh yotqizish ishlari, Do‘stlik MFY hududidagi universal bolalar sport maydonchasini yangidan qurish, Qipchoq OFY hududiga 2 km uzunlikdagi SIP kabullarini tortish hamda “Xizr eli” va “Yuqori qishloq” mahallalarining ma’muriy binolari yangidan qurish ishlari to‘liq yakunlangan bo‘lib, bugungi kunda tegishli dalolatnomalari rasmiylashtirilmoqda. Anjumanda jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga tegishlicha javob olishdi.



Tuman hokimligining Axborot xizmati