DIQQAT, E’LON: “MAHALLAMIZNING ENG ZIYOLI OILASI” TANLOVI O‘TKAZILADI

Туман янгиликлари

Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak ma’naviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” grant loyihasi doirasida fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda “Mahallamizning eng ziyoli oilasi” tanlovi o‘tkaziladi. Hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga hissa qo‘shish, aholi o‘rtasida oilaviy kitob o‘qish an’anasini ommalashtirish, oilalarda kutubxonalar tashkil qilishni targ‘ib qilish orqali oila a’zolarining ma’naviyatini yuksaltirishga erishish, oilaviy kitobxonlikni yanada keng ommalashtirish orqali oilada, shu orqali jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga erishish maqsadida o‘tkaziladigan ushbu tanlovda Mang‘it shahri ichidagi mahallalarning har biridan 1 tadan oila ishtirok etishi mumkin.

12 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan ushbu tanlovda o‘zini tanishtirish, kitobxonlik bo‘yicha savol-javob, erkin mavzu kabi shartlar asosida g‘oliblar aniqlanadi. G‘oliblarga faxriy yorliqlar va sovg‘alar beriladi.

Amudaryo televideniyesi tahririyati.