AMUDARYOLIK MILLIY GVARDIYA XODIMI «ENG YAXSHI QO‘RIQLASH XODIMI» KO‘RIK-TANLOVINING MINTAQAVIY BOSQICH G‘OLIBI BO‘LDI

Туман янгиликлари

Shu yil 9 aprel kuni Nukus shahrida Milliy gvardiya Qo‘riqlash Bosh boshqarmasining hududiy qo‘riqlash bo‘linmalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida «Eng yaxshi qo‘riqlash  xodimi» ko‘rik-tanlovining mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi. Unda Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmalari xodimlari ishtirok etdilar. Tanlovda ishtirokchilar 3000 metrga va 100 metrga yugurish, turnikda tortilish  hamda AK-74 avtomatdan o‘q otish kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro kuch  sinashdilar.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan tanlovda Amudaryo tumani Qo‘riqlash bo‘limining safdor xodimi Farid Jumabayev ishtirok etib, mintaqaviy bosqichi g‘olibi bo‘ldi. G‘olib bo‘lgan amudaryolik Farid Jumaboyevga ko‘rik-tanlovning Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanma berildi.

E.Yusupov, tuman Qo‘riqlash bo‘limi guruh komandiri, leytenant.