“OCHIQ BUDJET” LOYIHASIDA 11 TA TAKLIF G‘OLIB BO‘LDI

Туман янгиликлари

Ma’lumki, joriy yil 5 martdan 1 apreligacha “Ochiq budjet”  loyihasining 3- bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tumanimiz fuqarolari unda faol ishtirok etib, “Ochiq budjet axborot portali” orqali o‘z yashash hududida mavjud bo‘lgan takliflarga ovoz berishdi.

Loyiha doirasidagi tanlovda Amudaryo tumanidan  11 ta taklif g‘olib bo‘ldi. Jumladan, Beshtom mahalla fuqarolar yig‘ini, Qizil uy aholi punktiga gaz tortib berish bo‘yicha Meiramgali Jumabayev, To‘lqin ovuli hududidagi 33-sonli maktabga bolalarning xavfsiz borib kelishi uchun piyodalar yo‘lakchasi qurish bo‘yicha Abay Sag‘inbayev, Tor yop mahallasi xududidan o‘tuvchi 4n124, 4r160 a/y(66) Xo‘ja ovul – Qilichboy ichki yo‘lining 4 km. qismini ta’mirlash bo‘yicha  Nazokat Jumamuradova, Nazarxon ovuli O‘ntom aholi punktiga tabiiy gaz tarmog‘ini tortish bo‘yicha Shavkat Srlayev, Tor yop mahallasi hududi Dehqonbirlik ko‘chasining  1 km. qismini tuproq bilan ko‘tarish va tosh yotkizib ta’mirlash bo‘yicha Ozodboy Gulmanov, Qumyop mahallasi hududida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha Adham Sa’dullayevlarning tashabbuslari g‘oliblar safidan joy oldi. Shuningdek,  33-MTTni mukammal ta’mirlash bo‘yicha Javlonbek Zarifov, Bobur nomli ovuldagi Seytovul mahallasiga yangi transformator o‘rnatish bo‘yicha A’zamjan Saburov, To‘lqin ovuli hududidagi 28-sonli maktabning isitish tizimini almashtirish bo‘yicha Alisher Saburov, Arnabo‘yi mahallasidagi 27-sonli maktabni mukammal ta’mirlash bo‘yicha Rustam Qo‘chqorov, Xizr eli mahallasi hududida joylashgan 47-sonli MTT binosini kapital ta’mirlash bo‘yicha Anvar Tajiboyevlarning takliflari ham mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan bo‘ldi.

Ayni kunlarda “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida 4 apreldan 14 aprelgacha takliflar qabul qilinadi. Fuqarolarni ushbu loyihada ham o‘z takliflari bilan faol qatnashishga chaqirib qolamiz!

Tuman hokimligining Axborot xizmati.