Investitsiya dasturlarining tuman iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi

Туман янгиликлари

Ma’lumki, mamlakat iqtisodiyotining taraqqiyoti bevosita investitsiyalar oqimiga bog‘liq. Bu borada Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga joriy etish, mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish hamda investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.


Amudaryo tuman hokimligi kichik majlislar zalida o‘tkazilgan ochiq muloqotda “Investitsiya dasturlarining tuman iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi”ga ham alohida e’tibor qaratildi.  Unda Amudaryo tumani investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Og‘abek Olloberganov, investitsiya bo‘limi mutaxassislari, korxona va tashkilot vakillari hamda mahalliy jurnalistlar ishtirok etishdi. Qayd etilganidek,  2022 yilda jami 310 994 mln.so‘mlik 65 ta loyiha amalga oshirilishi va 2 542 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan. O‘tkazilgan ochiq muloqot davomida Og‘abek Olloberganov ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr mulohazalarga atroflicha  javob berdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati