“Amudaryo paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

Туман янгиликлари

“Amudaryo paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 23 iyunda bo‘lib o‘tadigan aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi jamiyat kuzatuv kengashining 2022 yil 8 iyundagi qarori bilan bekor qilinib, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi 2022 yil 29 iyun sanasiga ko‘chirildi.

Umumiy yig‘ilish soat 1600da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani, Oq oltin OFYda joylashgan “Amudaryo paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosining majlislar zalida o‘tkaziladi.

Yig‘ilish qatnashchilari ro‘yxatga olish soat 1500 boshlanadi.

Jamiyatning rasmiy veb-sayti: www.amudaryopaxta.uz

 

KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:

1. Umumiy yig‘ilishining reglamenti va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

2. Jamiyat ijroiya organi rahbarining 2021 yildagi faoliyati hamda biznes-reja ko‘rsatkichlarini bajarilishi bo‘yicha jamiyat Bosh direktorining hisobotini va 2021 yillik hisobotini tasdiqlash.

3. Jamiyat ijroiya organi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasining muddatini uzaytirishni ko‘rib chiqish.

4. Jamiyatning 2021 yil yakuni bo‘yicha auditorlik tashkiloti xulosalarini ko‘rib chiqish.

5. Jamiyatning 2021 yil yakuni bo‘yicha taftish komissiyasining xulosasini tasdiqlash.

6. Jamiyat kuzatuv kengashining 2021 yil yakuni bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.

7. Jamiyatning 2022 yil uchun mo‘ljallangan biznes-rejasini tasdiqlash.

8. Jamiyatning 2020 yil yakunidan taqsimlanmasdan qolgan va 2021 yil bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash.

9. 2022 yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini va unga to‘lanadigan haqning eng ko‘p miqdorini belgilash.

10. Jamiyatda 2021 yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini ko‘rib chiqish.

11. Jamiyat Ustaviga va ichki Nizomlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

12. Jamiyat tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

13. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarini qayta saylash.

14. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolariga haq to‘lash masalasini ko‘rib chiqish.

15. Jamiyat tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformalariga savdoga chiqarilgan va muddatida sotilmagan jamiyat aktivlari qiymatini belgilangan tartibda bosqichma-bosqich tushirish masalasini ko‘rib chiqish.

16. Qonunchilikda belgilangan da’vo muddati o‘tgan jamiyatning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini hisobdan chiqarishni ko‘rib chiqish hamda buxgalteriya hujjatlariga tegishli yozuvlarni kiritish.

 

Jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega aksiyadorlarning reyestri 2022 yil 23 iyun holatiga shakllantiriladi.

Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat pasport hamda ularning vakillari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart (jismoniy shaxslar uchun notarius tomonidan tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan).

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni “Amudaryo paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatida tanishishlari mumkin. Aksiyadorlar qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani, Oq oltin OFY. elektron pochta: amudaryopaxta@umail.uz