OROMGOHDAGI BOLALAR UCHUN TA’LIM VA FAN XODIMLARI KASABA UYUSHMASI TUMAN BO‘LINMASI TOMONIDAN TADBIR TASHKIL ETILDI

Туман янгиликлари

"Qaldirg‘och" bolalar oromgohida  "12 iyun – Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni" munosabati bilan katta tadbir o‘tkazildi.  
Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda Xalq ta’limi bo‘limi mas’ullari, IIB xodimlari va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mutaxassisi Maxset Purxanov ham qatnashdi.

Tadbir doirasida oromgohda hordiq chiqarayotgan bolajonlar o‘rtasida sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, rasm chizish bo‘yicha tanlov ham o‘tkazildi. Qiziqarli o‘tgan tadbirda bolajonlar o‘z vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar va barchasi ularda katta taassurotlar qoldirdi.


Musobaqalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.  Uyushmaning tuman bo‘linmasi tomonidan esa oromgohda hordiq chiqarayotgan bolajonlar uchun 2 dona cho‘milish basseynlari sovg‘a qilindi.

U.Abdurahmonov, Talim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi Kengashi raisi.