Amudaryo tumani Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar avvalo, xalqimiz farovonligini ta’minlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilib kelmoqda.
Bu borada Qo‘riqlash bo‘limi xodimlarining xizmatlari muhim ahamiyat kasb etadi.  
Joriy yilning 10 iyun kuni 9-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi binosida jamiyatimizda osoyishtalikni saqlashda o‘zlarining fidoiyligi bilan xizmat qilib kelayotgan Amudaryo tumani Qo‘riqlash bo‘limining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila a’zolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasi bosh psixologi mayor Imamatdan Allashev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasi shifokorlik bo‘limi bosh mutaxassisi Gulnora Seydabullayeva, tuman Qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Baxtiyor Atadjanov hamda guruh komandiri Elyor Yusupovlar ishtirok etib, Vatan, oila kabi muqaddas qadriyatlarni asrab avaylash, xodimlar orasida xizmat intizomini mustahkamlash, yosh xodimlar dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning oldini olishga qaratilgan muhim tavsiyalar berib o‘tdilar.
Ta’kidlanganidek, oilani mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish, namunali oilalarning hayoti va tajribalarini ommalashtirish muhim masalalardan biri sanaladi.
Soha xodimlari ham faoliyati davomida mazkur yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratishi, oilalarda sog‘lom turshum tarzini qaror toptirishda o‘zlarining hissalarini qo‘shishlari zarurligi qayd etildi.
Bu borada tizim xodimlari, psixologik jihatdan bilimlarini oshirishi, joylarda aholi bilan muloqot jarayonida muomala madaniyatiga e’tibor qaratishi kerakligi xususida to‘xtab o‘tildi.
Shuningdek, tadbir davomida so‘zga chiqqanlar xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoniing tashabbusi bilan xodimlarning 11-sinfni bitirgan farzandlariga Oliy ta’lim dargohlariga o‘qishga kirishida maxsus kvotalar ajratilganligi va mazkur o‘quv yilida  4 nafar xodimning farzandlari ushbu imtiyozga ega bo‘lganliklarini alohida mamnuniyat bilan e’tirof etishdi.  
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib tegishlicha javoblar oldilar.
 Davlatimiz tomonidan soxa xodimlariga va ularning oila a’zolariga ko‘rsatilayotgan e’tibor, fidokorona xizmatlari uchun taqdim etilayotgan mukofotlar ularning kuchlariga kuch va g‘ayrat qo‘shmoqda.
Sharafli shu bilan birga mas’uliyatli vazifalarida og‘ishmay xalq xizmatida yurgan Qo‘riqlash bo‘limi xodimlariga kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz!


Tuman hokimligining Axborot xizmati