Sportning kurash turi bo'yicha 4 nafar sportchimiz O'zbekiston Respublikasi birinchiligiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi

Туман янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 17 mart kungi 85-sonli buyrug‘iga asosan 2022 yil 15-16 iyun kunlari Nukus shahrida umumta’lim maktablarining 5-6, 7-8, 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Kurash-milliy g‘ururimiz” shiori ostida sportning kurash turidan Qoraqalpog‘iston birinchiligi  musobaqasi o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada Amudaryo tumanidan jami 14 ta vazn toifasi bo‘yicha 14 nafar sportchi o‘quvchilar ishtirok qildi va musobaqa yakuniga ko‘ra 14 nafar sportchi o‘quvchilar orasidan 4 nafar sportchi I o‘rinni, 5 nafar sportchi II o‘rinni, 3 ta sportchi faxrli III o‘rinlarni egalladi.

Musobaqaning Qoraqalpog‘iston birinchiligida faxrli I o‘rinni egallagan o'quvchilar:  5-6-sinf o‘quvchilar o‘rtasida 32 kg vazn toifasida 64- sonli maktab o‘quvchisi Yusupov Adham; 7-8-sinf o‘quvchilar o‘rtasida 50 kg vazn toifasida 1-maktab o‘quvchisi Boltabaev Jasur; 9-11-sinf o‘quvchilar o‘rtasida 55 kg vazn toifasida 1-maktab o‘quvchisi Boltabaev Zokir; 9-11-sinf o‘quvchilar o‘rtasida 65 kg vazn toifasida 30-maktab o‘quvchisi Yo‘ldoshov Zafarlar ushbu musobaqaning 4-bosqichi O‘zbekiston Respublikasi birinchiligi yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.
Musobaqaning O‘zbekiston Respublikasi birinchiligi 2022 yil 22-25 iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


       O‘zbekiston “Yoshlik” JTSJning
  Amudaryo tumani hududiy bo‘linmasi raisi o'rinbosari:
                                                                    N. Abdullayev