Amudaryolik yosh sportchilar 1-2-3 iyul kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lpon-Ota Issiq ko‘l shahrida bo‘lib o‘tadigan karate bo‘yicha Osiyo chempionatiga jo‘nab ketishdi

Туман янгиликлари

Turli nufuzli musobaqalarda g‘oliblikka erishib kelayotgan yosh karatechilardan Qunduzoy Qo‘shnazarova 12-13 yoshlilar o‘rtasida 43 kg. vaznda, Fazliddin Tajiniyozov 14-15 yoshlilar o‘rtasida 52 kg. vazn toifasida Xursandbek Madrahimov 14-15 yoshlilar o‘rtasida 57 kg. vaznda tatamiga ko‘tarilishadi. Ular nafaqat tumanimizning, balki O‘zbekiston nomini sharaf bilan himoya qilishadi.
Bu nufuzli musobaqada osiyo davlatlaridan eng kuchli karatechilar qatnashishi kutilmoqda.
Amudaryolik yosh sportchilarga omad tilaymiz.