Yangidan qurilayotgan tug‘ruqxonaga media tur tashkil etildi

Туман янгиликлари

22 noyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining Axborot xizmati tomonidan tumandagi yangidan qurilayotgan tug'ruqxonaga media tur tashkil etildi. Unda tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari F. Eshimbetova hamda mahalliy jurnalistlardan R. Yo'ldasheva, M. Shamuratovlar  qatnashdi. Ma'lumot uchun"Temir Beton" MCHJ tomonidan A.Navoiy MFY hududidagi tibbiyot birlashmasiga yangidan 90 o‘rinli tug‘ruqxona qurish ishlari olib borilmoqda. Loyiha qiymati 14,4 mlrd.so‘mni tashkil etadi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati