OQ OLTIN OVULIDA HUDUD MAS’ULLARI VA TUMAN KЕNGASHI DЕPUTATI TARG‘IBOT ISHLARINI OLIB BORDI

Туман янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408 sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra Oq oltin ovulidagi 0,8 km uzunlikdagi ko‘chaga tosh yotqizish rejalashtirilgan.

Ushbu hududdan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Otabek Yuldoshov Oq oltin ovul fuqarolar yig‘ini raisi, hududdagi hokim yordamchisi bilan birgalikda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bordi.

Aholi bilan uchrashuv davomida tuman Kengashi deputati mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, mahallani obod va xavfsiz maskanga aylantirish, jinoyatchilikning oldini olish buyicha ko‘rilayotgan choralardan xabardor qilib, barchani ogohlikka chorladi.