TUMAN HUDUDIDAGI OVUL VA MAHALLALAR ChЕGARALARI BЕLGILANDI

Туман янгиликлари

Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli jami 45302 ta ko‘chmas mulk obyekti, ya’ni 42051 ta turar joy, 3251 ta noturar joy obyektlari hisobga olingan.

Shundan 33205 ta ko‘chmas mulk obyektlarining huquqni tasdiqlovchi xujjatlari bo‘lib, 25789 ta ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr hujjatlari tayyorlangan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Huquqni tasdiqlovchi hujjati mavjud bo‘lgan 7416 ta ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 2022 yil 16 noyabr kunidan boshlab, 3 oylik       rejaviy jadval tuzilib, hozirda ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Prezidentning 2022 yildagi “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 4a-bandida 2023 yil 1 yanvarga qadar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi Kadastr agentligi bilan birgalikda har bir mahallaning aniq chegaralari belgilanishini hamda Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda mahallalarning yagona klassifikatori ishlab chiqilib, Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini ta’minlash ko‘rsatilgan edi.

Mazkur Qarorga asosan tumandagi 16 ta ovul, 31 ta mahalla va 2 ta shaharchalarning chegaralari belgilandi.

Ovul va mahallalarining chegaralari amaldagi qonunchilik hujjatlariga, tegishli vakolatli tashkilotlar ko‘rsatmalariga, shuningdek, chegara chizig‘i davlatlararo chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha mavjud tasniflarga asoslangan holda belgilandi.

Ish jarayonida tayyorlangan har bir xaritadagi holatga aloqador bo‘lgan, ya’ni ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh bo‘lgan fuqarolar yig‘inlari raislari bilan kelishildi, yuzaga kelgan tushunmovchiliklar bo‘lgan taqdirda ular asoslab berildi.

Sh.Sultanov, Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali boshlig‘i.