QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANMAGAN YERLAR UCHUN YER SOLIG‘I STAVKALARI BЕLGILANDI

Туман янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2022 yilning 9 dekabrida Respublika hududlarida 2023 yil uchun jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlari bo‘yicha yer solig‘i stavkalarining bazaviy miqdorlari belgilab berilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan hududlarga jismoniy shaxslar uchun 1 kv.metr 286 so‘m, yuridik shaxslar uchun 1 ga yer 31 mln. so‘mdan belgilangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan Amudaryo tumaniga jismoniy shaxslarga 1 kv.metr uchun bazaviy stavka 207,9 so‘m (shundan, tuman markaziga 207,9 so‘m, qishloq joylarga 0,7 koeffitsiyent qo‘llanilib, 145,53 so‘m), yuridik shaxslarga 1 ga yer uchun bazaviy stavka 25 mln. 100 ming so‘m (shundan, tuman markaziga 0,85 koeffitsiyent qo‘llanilib, 21 mln. 335 ming so‘m, qishloq joylarga 0,7 koeffitsiyent qo‘llanilib 17 mln. 570 ming so‘m) stavkalari taklif qilingan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, tumanimiz markazida joylashgan hududlar – A.Navoiy nomli, Beruniy nomli, Boy ovul, Bo‘ston, Gulzor, Durunki, Do‘stlik, Oybek nomli, Olmazor, Farovon, Chordara hamda Yangiobod mahallalari uchun jismoniy shaxslar yer solig‘iga 0,95 koeffitsiyent qo‘llangan holda 1 kv.metr yer uchun 197,5 so‘m, yuridik shaxslarga yer solig‘i 1 ga uchun 0,85 koeffitsiyent qo‘llanilib, 21  mln. 335 ming so‘m boshqa hududlar uchun 0,7 koeffitsiyent qo‘llagan holda jismoniy shaxslar yer solig‘i uchun 1 kv. metr yerga 145,53 so‘m, yuridik shaxslar yer solig‘i uchun 1 ga yerga 17 mln. 570 ming so‘m qilib belgilandi. Bunda soliq stavkalari belgilanishida kamaytiruvchi koeffitsiyentlar  qo‘llanilgani aholi uchun soliq to‘lovlari yuki kamayishiga xizmat qiladi.

A.Seitov, tuman DSI boshlig‘i.