Tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi

Туман янгиликлари

2023 yil  20 fevral kuni tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun  matbuot anjumani o‘tkazildi.
 Anjumanda aholi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Amudaryo tuman bo‘limi tomonidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
 Shuningdek, Pensiya jamg‘armasi tomonidan 2022 yil davomida ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
“Taraqqiyot ko‘zgusi”, “Mening oilam” gazetasi muhbirlari Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Amudaryo tuman bo‘limi boshlig‘i Qadamboy Ismailovga 2022 yil davomida bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan savollar bilan murojaat qilishdi.
Qayd etib o‘tilganidek, 2022 yilning o‘zida jami 2705 nafar fuqarolarga pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, shundan 1347 nafar yoshga doir, 265 nafar nogironlik, 114 nafar boquvchisini yo‘qotganlik va 979 nafariga ijtimoiy nafaqalar tayinlandi.
Undan tashqari, pensiya jamg‘armasi tizimida 2022 yil mobaynida 924 dan ortiq 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarning nafaqa ishlari raqamlashtirlgan bo‘lsa, hozirgi kunda bir yarim mingga yaqin boquvchisini yo‘qotganlik pensiya va nafaqasini oluvchilarning ishlari 45 foizga raqamlashtirildi.
Matbuot anjumanida jurnalislar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining inson omilisiz shaffof tarzda ishlashi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniq va manzilli qo‘llab-quvvatlashga zamin yaratganini ta’kidladilar.
Mazkur axborot tizimi  orqali o‘tgan yil mobaynida 21 mingdan otriq kam ta’minlangan oilalarga jami 126,4 mlrd.so‘m bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari to‘lab berilgan.
Undan tashqari, 2022 yil may oyida Prezidentimizning 258-sonli qarori bilan har bir pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchi fuqarolarga 300 ming so‘mdan, 25276 nafar pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilarga jami 7,8 mlrd.so‘m, shuningdek, 2022 yil 31 avgustdagi 213-sonli farmoniga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali  aniqlangan 21562 ta kam ta’minlangan oilalarga 13,0 mlrd.so‘mga yaqin mablag‘lar to‘lab berilgan.
Matbuot anjumanida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari batafsil tushintirib o‘tildi.
Ta’kidlanganidek, “I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan bo‘lim xodimlariga murojaat qilishib tegishlicha javoblar olishdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.