Amudaryo tumanida “Tadbirkorlar xiyoboni”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари

Respublikamizda so‘nggi yillarda tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berilayotganligi, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va liberallashtirish,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mahsulotlar eksporti salohiyatini oshirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, mahalliy mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan muhim islohotlar  yanada yuqori darajaga ko‘tarilishida yangi “Tadbirkorlar xiyoboni” asos bo‘la oladi. Prezidentimiz tarafidan 2023 yil 23 yanvar kungi “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-15 sonli qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida 2023 yil 28 aprel kuni Amudaryo tumanida “Tadbirkorlar xiyoboni”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Xiyobonda tadbirkorlar uchun barcha qulayliklar tashkil qilindi.  Jumladan: tijorat banklari ofislari, investorlarning biznes loyihalarini muhokama qilish hamda “B2B” uchrashuvlari uchun maxsus xonalar, “kovorking” faoliyati uchun shart-sharoitlar yaratildi, shuningdek  Wi-Fi zonalar tashkil qilindi.
Ochilish marosimida ishtirok etgan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Rashid Salayev, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Kosnazarov Mels Idrisovichlar marosim mehmonlari va tadbirkorlik subyektlarini  “Tadbirkorlar xiyoboni” ochilishi bilan tabriklab, kelgusi ishlarida zafarlar va tugamas kuch-g‘ayrat tiladi. Tadbirda tikuvchilik bo'yicha o'quv kursini o'qib muvaffaqiyatli tamomlagan ayol-qizlarga maxsus sertifikatlar berildi.


Tuman hokimligining Axborot xizmati.