“Yangi O‘zbekistonning Ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари

Oilalarni mustahkamlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ma’naviy-ahloqiy muhitni yaxshilash, farovonlik darajasini oshirish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari yaratilmoqda.
Amudaryo tumanida “Farovon oila sari” g‘oyasi ostida  “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Go‘zal Saburova mamlakatimizda oilalar mustahkamligini kuchaytirish, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan qator chora-tadbirlar xususida gapirib o‘tdi.
15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan tashkillangan ushbu ko‘rik-tanlovda tumandagi mahallalardan eng namunali oilalar ishtirok etdilar. Tanlovning sektor bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib tuman bosqichiga yetib kelgan Nazarxan OFY dan Turdimuratovlar oilasi, Qilichboy OFY dan Matyakubovlaar oilasi, Ayoqchi MFY dan Gulimbetovlar oilasi, Bobur OFY dan Allambergenovlar oilasi, QangliOFYdan To‘rayevlar oilasi faol ishtirok etishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Nazarxon OFY dan Turdimuratovlar oilasi g‘olib bo‘lib Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Barcha ishtirok etgan oilalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.