Choyko‘l ovul fuqarolar yig‘inida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi

Туман янгиликлари

Mahalla jamiyatda tinchlik-totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsliligini ta’minlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda xalqimizga eng yaqin ijtimoiy tuzilma hisoblanadi.
Bugungi kunda tumanimizda jami 49 ta fuqarolar yig‘inlari mavjud. Amudaryo tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan joriy yil davomida barcha fuqarolar yig‘inida reja-jadval asosida “TAJRIBA ALMASHISH” ko‘rgazmali seminari tashkil etish rejalashtirilgan.
Reja-jadvalga asosan joriy yilning 22 may kuni Choyko‘l ovul fuqarolar yig‘inida ko‘rgazmali-seminar tashkil etildi.
Seminarda Amudaryo tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i G‘.Duysenbayev, bo‘lim o‘rinbosarlari B.Baltabayev va M.Boltayev hamda tumandagi 1-setkor hududidagi fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etishdi.
Seminar qatnashuvchilari dastlab hududdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, xalqning bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan, ishlab chiqarish va savdo kompleksi va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha ishlab kelayotgan tadbirkorlar Aqmanov Xursand hamda tomorqasidan unumli foydalanib kelayotgan Narbayev Maxmudning tomorqadan unumli foydalanish, dehqonchilik va quyonchilik sirlari bilan tanishdilar.
Shuningdek, Choyko‘l ovul fuqarolar yig‘ini binosi qoshida tashkil etilgan 5 ga yer maydonida xosil qilingan uzumchilik bog‘iga borildi.
Seminar yakunida Choyko‘l ovul fuqarolar yig‘ini binosiga borib yig‘in hujjatlarining yuritilishi va 5 likning ish tajribalari bilan fikr almashdilar. Bo‘lim boshlig‘i G‘.Duysenbayev va o‘rinbosari B.Baltabayevlar ma’ruza qilib bunday ko‘rgazmali-seminarlar reja-jadval asosida barcha fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilishi hamda shu orqali tajriba almashib borilishini takidlab o‘tdilar.


Tuman hokimligining Axborot xizmati.