Pilla terish ishlari avjida

Туман янгиликлари

Ayni kunlarda pilla hosili yig‘im-terimi avjida. Ayoqchi mahallasining pillakorlari  ham rejani ortig‘i bilan bajarish uchun bor kuch-g‘ayratini ayamasdan mehnat qilmoqdalar.

Amudaryo tumanida 2023 yil bahorgi pilla mavsumi uchun "Jayxun Silk" MCHJ pillani qayta ishlash korxonasi zimmasiga tumandagi 16 ta hududda 4378 quti ipak qurti parvarishlash evaziga 254,0 tonna pilla xomashyosini yetishtirish rejasi belgilangan.

24 may holatiag ko'ra 14451 kg pilla qabul qilindi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati