Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari Faxriddin Yusupov, tuman Xalq qabulxonasi bo‘limi va tuman hokimligining mas’ul xodimlari “Taraqqiyot ko‘zgusi” , “Mening oilam” gazetasi muhbirlari ishtirok etishdi. Ochiq muloqotda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar va ularni samarali tarzda hal etish yuzasidan amalga oshiriliayotgan ishlar sarhisob qilindi.  


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mutaxassisi Darmonov Damirning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 2023 yil 30 aprel sanasiga qadar tuman aholisi tomonidan jami 1346 ta masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ishonch telefoni orqali 1041  ta, Prezident pochtasi 42 ta, Sayyor qabul 45 ta, Veb-sayt hamda Veb-sayt (Xalq qabulxonasiga) 105 ta murojaatlar kelib tushgan. Qolgan 75 tasi tuman Xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan.
Yuqorida qayd etilgan 1346 ta murojaatlarning 1185 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 913 tasi (77,0%) qanoatlantirilgan shundan, 472 tasi (39,8%) ijobiy hal qilingan, 430 tasi (36,2%) huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan, 11 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan. Qolgan
201 tasiga tushuntirish berilgan, 4 tasi rad etilgan, 61 tasi tugatilgan va 161 tasi ko‘rib chiqish jarayonida.
Jurnalistlar mas’ullarga  o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib tegishlicha javoblar olishdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.