Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 61-sessiyasi to‘g‘risida axborot

Туман янгиликлари

2023 yil 26 may kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 61-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, hokimlik mas’ul xodimlari, huquq-tartibot organlari, bo‘limlar, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani tuman hokimi – Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sultonboy Yo‘ldashev ochdi va olib bordi.
Sessiya kotibligiga 1-Navoiy saylov okrugidan deputat
Gulshod Yusupova saylandi.
 Sessiyada dastlab joylarda xotin-qizlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish hamda jamiyatda ayollarning nufuzini yanada oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samaradorligi to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Go‘zal Saburovaning hisoboti tinglandi.
Axborotda keltirib o‘tilganidek, Shu kungacha 4-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan 5 398 nafar xotin-qizlarning 2 974 nafariga turli yordamlar ko‘rsatilgan.
Shuningdek, “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi tomonidan 122 ta oila yarashtirilib ajrim holatlari o‘tgan yildagiga nisbatan 21 taga kamaygan.
 Shundan so‘ng, Amudaryo tumani mahalliy budjeti mablag‘larining 2023 yil 1-chorak davomida sarflanishi yuzasidan tuman Moliya bo‘limi mudiri Ulug‘bek Bekniyazovning hisoboti tinglandi.
 Ta’kidlanganidek, 2023 yil 1-chorak davomida budjet mablag‘lari xarajatlari xisobidan jami 77  mlrd. 991 mln. 325 ming so‘m mablag‘lar sarflangan.
Sessiya ishida 2023 yil 1 aprel holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Rashid Salayev hisobot berdi.
 Hisobotda erkin qoldiq mablag‘larining sarflash yo‘nalishlari bo‘yicha taklif berildi. Taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Sessiya kun tartibida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Sardor Ismailovning hisoboti tinglandi.
Hisobotda “Yoshlar balansi” asosida ijtimoiy ahvoli, qobiliyati hamda qiziqishlariga qarab “yashil”,“sariq”,“qizil” toifaga ajratilgan hamda “qizil” toifaga kiritilgan 1 316 nafar yoshlarning ro‘yhatini tasdiqlash bo‘yicha taklif berildi.
Taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Sessiya ishida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eshimbetovaning axboroti tinglandi.
Axborotda ochiq ma’lumotlar bo‘limiga joylashtirlgan ma’lumotlar, media tadbirlarning vaqtida bajarilishi, hukumat qarorlari va farmonlarining tumandagi ijrosi va uni yoritib borish masalalari xususida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, quyosh fotoelektrik stansiyalari hamda quyosh suv isitish qurilmalarini 2023 yil yakuniga qadar o‘rnatish bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari Nodirbek Kamolovning hisoboti tinglandi.
 Ta’kidlab o‘tilganidek, ijtimoiy soha obyektlari, korxonalar, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarga quyosh fotoelektrik stansiyalari hamda quyosh suv isitish qurilmalarini 2023 yilning yakuniga qadar o‘rnatish bo‘yicha reja-jadval dasturi ishlab chiqilgan.
 Sessiya ishida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asosida mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyati natijadorligini aniqlash yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi San’at Avezovning axboroti tinglandi.
Ta’kidlanganidek, tumandagi hokim yordamchilari tomonidan shu kungacha jami 272 ta tadbirkorlik subyektlari yangidan tashkil etilgan bo‘lib, shundan 138 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlar, 134 tasi yuridik maqomdagi tadbirkorlarni tashkil etadi.
Sessiya kun tartibida Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tuman filiali boshlig‘i Sherzod Sultanovning hisoboti tinglandi.
Hisobotda tumandagi shahar va shaharchalarning, ovullarning chegaralarini belgilangan tartibda tasdiqlab berish bo‘yicha taklif berildi.
Taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
 Sessiya ishida Kengash vakolatiga kiritilgan boshqa masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqilib, tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
 Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.