“MY.GOV.UZ” TIZIMI QULAY VA TЕZKOR

Туман янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan, «bir darcha» tamoyilida faoliyat ko‘rsatadi. Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ro‘yxatdan o‘tish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan o‘tgan foydalanuvchilar uchun amalga oshiriladi.

Ushbu nizomda Yagona portal maqsad va vazifalari ko‘rsatilgan. Yagona portal davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.

Foydalanuvchilarga davlat organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish Yagona portalning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash, foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish kabi vazifalar ham amalga oshiriladi. Davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to‘siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish, «Elektron hukumat» tizimini yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko‘maklashish kabilar ushbu portal vazifalariga kiradi.

Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchilarning shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo‘ljallangan.

Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlaridan foydalaniladi. Yagona portal, foydalanuvchilarga davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan bir tomonlama, ikki tomonlama va tranzaksion shakldagi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Interaktiv davlat xizmatlari Yig‘ma reyestri 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Yig‘ma reyestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali 424 ta davlat xizmatlari joriy qilindi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlaridan foydalanishsa davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun yig‘im summasining 90 foizi undiriladi. Shuningdek, fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilmaydigan davlat xizmatlaridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali foydalanishlari va o‘zlariga zarur bo‘lgan tizimga kiritilgan ma’lumotnomalarni ham olishlari mumkin.

Umida Saparboyeva, tuman Davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i.