AMUDARYOLIK SHOIRA ONAXON “XALQLAR DO‘STLIGI” KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI

Туман янгиликлари

Joriy yilning 2 iyun kuni Namangan viloyati, Pop tumani, “Barkamol avlod markazi”da  Qozog‘iston Respublikasi “Qos qanat” (“Qo‘sh qanot”) Xalqaro fondining navbatdagi taqdimot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish mobaynida “Yoz tarovati” nazmiy tanlovida faxrli o‘rinlarni egallagan hamda “Iste’dodli ijodkor” nominatsiyasi g‘oliblari “Olqish xat” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Taqdimot yakunida fondga yangi qabul qilingan ijodkorlarga a’zolik guvoxnomasi “Qo‘sh qanot” fondi direktori E.ETatiyev tomonidan hamda “Mo‘tabar Ona” va “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Mukofotlanganlar safida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidan Jumagul Yunusova ham bor. J.Yunusova “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, shu kuni Jumagul Yunusovaning “Sog‘inch” deb nomlangan kitob taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari va “Qo‘sh qanot” Xalqaro fondi mas’ullari hamda mazkur fond qoshidagi ijodkorlar Uyushmasi a’zolari Amudaryolik sermahsul ijodkor Jumagul Yunusovani “Sog‘inch” she’rlar to‘plami bilan tabriklab, shoira onaxonning she’rlariga munosib baho berdilar.

Robiya YO‘LDOSHЕVA.