“Sabirova Malika” fermer xo‘jaligida g‘alla o‘rimi avjida

Туман янгиликлари

Shu kunlarda yurtimizda g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in pallaga kirgan. Zahmatli mehnat evaziga yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib olish uchun g‘allakorlar bor kuch va imkoniyatini ishga solgan.
Amudaryo tumanida  ham 2023 yilgi g‘alla hosili uchun tumandagi 361 ta fermer xo‘jaliklarining jami 7000 gektar yer maydoniga g‘alla urug‘lari ekilgan edi. “Qipchoq g‘alla klasteri” mas’uliyati cheklangan jamiyati 5861 gektar, “Amu Rich Harvest” mas’uliyati cheklangan jamiyati 1139 gektar ekin maydonlarida yetishtirilgan g‘alla hosilini xarid qilish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma imzolashgan.
Tuman bo‘yicha joriy yilgi mavsumda g‘alla klasterlarining qabul maskanlariga qabul qilinadigan jami don miqdori 16 ming 460 tonnani tashkil etadi. Yetishtirilgan hosilning 1450 tonnasi urug‘lik don uchun, 8000 tonnasi esa iste’mol uchundir.
 Undan tashqari, joriy yilgi hosildan 7010 tonna don mahsuloti birja savdolari uchun vaqtincha saqlashga yo‘naltiriladi.
 Tumanda g‘alla o‘rimiga tushayotgan fermer borki, belgilangan shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajarishga bel bog‘lagan. Fermer xo‘jaliklarida lalmikor yerlarga ekilgan g‘alla maydonlarida allaqachon hosilni nobud qilmasdan yig‘ib olish ishlari avjiga chiqqan. Bundan maqsad bitta, ona xalqimiz dasturxoniga issiq nonlarni yetkazib berish.
Amudaryo tumanining Oq oltin ovuli hududidagi “Sabirova Malika” fermer xo‘jaligining 18 gektar maydoniga ekinlgan g‘alla ham to‘liq pishib yetilgan bo‘lib ayni kunlarda o‘rim-yig‘im ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.
 Fermer xo‘jaligi raisi G‘ulomjon Ollabergenov ham tumandagi boshqa fermer xo‘jalik rahbarlari singari yetilib pishgan bug‘doyni nes-nobut qilmasdan o‘rib-yig‘ib olishga harakat qilmoqda.
 O‘zlarining zahmatkash mehnati bilan hosilni yig‘ib olishga o‘z hissasini qo‘shayotgan kombayn haydovchilarining ham xizmatlari beqiyos albatta.
 Shu o‘rinda aytish kerakki, g‘alla xalq boyligi. Bobo dehqonlarning ertayu kech qilgan mehnatlarining samarasi, xalqimizning rizqu nasibasidir. Ana shu bebaho nematning bir misqolini ham nobud qilmasdan o‘rib olish ishlarida faol ishtirok etish bugungi kunda har bir mutasaddining asosiy vazifasidir.


Tuman hokimligining Axborot xizmati.