Tumanimizning bir guruh nuroniylari “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Туман янгиликлари

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining 2023-yil 27-maydagi “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq,  mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-­fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan pensiya yoshidagi bir guruh yurtdoshlarimiz “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi.

Mukofotlanganlar orasida Amudaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari Bekman Allaberganov, ipakchilik sohasi faxriysi Raʼno Yuldasheva, tibbiyot sohasi faxriysi Abdulla Xoʻjametovlar ham bor.

Qarorga muvofiq Amudaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari Bekman Allaberganovga  I Darajali, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan pillachi  Raʼno Yuldashevaga I Darajali, tibbiyot sohasida faoliyat koʻrsatgan faxriy xodim Abdulla Xoʻjametovga II Darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni hamda pul mukofoti tantanali tarzda topshirildi.

Yurtdoshlarimizni “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoniga sazovor boʻlgani bilan tabriklaymiz, ularning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Tuman hokimligining Axborot xizmati