“BEPUL HUQUQIY YORDAM” AKSIYASI DOIRASIDA FUQAROLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI VA HUQUQIY MADANIYATI OSHIRILMOQDA

Туман янгиликлари

Shu yil 21-avgust kuni Boʻz yop, Kuyuk koʻpir, Bobur nomli ovullarda tuman Adliya boʻlimi, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi xodimlari ishtirokida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Huquqshunoslar qonunchilikdagi yangiliklar toʻgʻrisida soʻz yuritilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida koʻrsatilgan jazo turlari, firibgarlik jinoyatining oqibatlari va jamiyat uchun salbiy taʼsiri kabilar haqida huquqiy tushunchalar berishdi.

Bundan tashqari, Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy aksiya doirasida Qonunda belgilangan talablar haqida maʼlumotlar berildi. Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnat Kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini hamda yangi qabul qilingan Mehnat Kodeksi, mehnat va u bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy tamoyillari kabilarni batafsil tushuntirishdi.

Tadbir davomida ovullarda xonadonma-xonadon yurilib, sayyor davlat xizmatlari ham koʻrsatildi.

Nilufar Jumaniyozova, tuman Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi.