Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida 2023-2024-o‘quv yili boshlanishi oldidan II Ustozlar milliy forumi o‘tkazildi.

Туман янгиликлари

Ustozlar milliy forumining ikkinchi kuni “Maktabgacha ta’lim sifati: Hozirgi holat va kelajakdagi vazifalar” mavzusiga bag‘ishlandi. Anjumanda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, hududdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, tarbiyachi-pedagoglar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Anjuman kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan bo‘limning Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini hamda o‘qitishning muqobil shakllarini tashkil etish bo‘yicha sho‘ba mudiri Soliya Bobojonova ma’ruza qildi.

Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy, bepul bir yillik tayyorlash tizimi orqali maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb etish, tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bolalarni tarbiyalash, kelgusida muvaffaqiyatli o‘quv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va ularni boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash va 6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

Xususan, “Ilm yo‘li” variativ dasturi “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi sifatida O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo‘yiladigan davlat talablari asosida ishlab chiqilgan. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy. bepul bir yillik tayyorlov guruhida ta’limiy - tarbiyaviy jarayon “Ilm yo‘li” muqobil dasturi asosida sifatli pedagogik tamoyillarga tayangan holda tashkil etiladi. Anjumanda shu va shu kabi maktabgacha ta’lim-tarbiya uslublari, yangi pedtexnologik jarayonlarni sohaga samarali tatbiq etish yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng, anjuman kun tartibiga qo‘yilgan pedagog kadrlar tarkibining sifati va ularni kasbiy rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini hamda o‘qitishning muqobil shakllarini tashkil etish sho‘ba metodisti H.Bobojonova ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish tartibi, mazkur tartibning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida muntazam ravishda amal qilinishini ta’minlash kabi masalalar bo‘yicha bo‘limning Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha metodisti Saule Patullayeva so‘zga chiqib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini yanada takomillashtirish, belgilangan sanitariya qoidalari va gigiyena normalariga muvofiq holda ovqatlantirishni tashkil etish orqali bolalarning sog‘lom va barkamol o‘sishini ta’minlash va shu asosda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish yuzasidan o‘zining tavsiya va takliflarini bildirdi.

Darvoqe, joriy yilning 1 iyunidan boshlab Toshkent shahridagi, 2023 yil 1 sentyabrdan esa respublikaning barcha hududlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yagona mavsumiy taomnoma asosida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni tashkil etish belgilangan bo‘lib, “Yagona mavsumiy taomnoma”, “Aqlvoy-Oshpaz, bog‘chalar uchun taomlar retsepti” to‘plamidan foydalangan holda tuzilgan va bu taomnomalar ro‘yxatiga kiritilgan mahsulotlar bolalarning garmonal rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Anjumanda joriy yil davomida ta’lim-tarbiya borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham tahlil qilinib, muhim topshiriqlar belgilab olindi.