DOʻSTLIK MAHALLASI FUQAROLARIGA HUQUQIY MASLAHATLAR BERILDI

Туман янгиликлари

Tumanimizning Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻinida mahalla fuqarolariga huquqiy maslahat berish hamda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarga  ajrimlarning salbiy oqibatlarini tushuntirish ishlarini olib borishga oid  yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi G. Soburova, tuman Fuqarolik sudi raisi Q. Atamuratov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi N. Jumaniyazova, mahalla faollari shuningdek, huquqiy maslahatga muhtoj  fuqarolar qatnashdilar.
Yigʻilishni  Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi G. Soburova olib bordi. Fuqarolarga huquqiy  masalalar yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Yigʻilishda tuman Fuqarolik sudi raisi Q. Atamuratov soʻzga chiqib tumanda ajrimlarning oldini olish borasida qilinayotgan  ishlar hamda chora-tadbirlar toʻgʻrisida aytib oʻtdi, mahallalarda ijtimoiy muhitni sogʻlomlashtirish, fuqarolarning turmushida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish masalalariga keng toʻxtaldi.  
Shuningdek, fuqarolarning huquqiy muammolarini tezkorlikda hal etishda ularni oʻylantirayotgan huquqiy masalalar yuzasidan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar, qonun hujjatlariga muvofiq huquq va erkinliklari, ularni amalga oshirish va buzilgan huquqlarini tiklash tartibi haqida maʼlumot berish tarzidagi birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatildi. Shundan keyin mahalla fuqarolarning murojaatlari tinglandi hamda  ularga masʼul xodimlar tomonidan tegishli huquqiy maslahatlar berildi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati