Savol bering, javob beramiz

Туман янгиликлари

Savol: Uch yoshgacha boʻlgan bolasi bor xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda qanday kafolatlar berilgan?

Javob: Mehnat kodeksining 409-moddasiga muvofiq uch yoshgacha boʻlgan bolasi bor xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlar koʻrsatib oʻtilgan. Uch yoshgacha bolasi bor ayol yoxud uch yoshgacha boʻlgan bolani yolgʻiz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga faqat Mehnat Kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 1-, 4- va 5-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.
Ushbu xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ularning bola parvarishlash nafaqasini olish huquqi saqlanib qoladi.

Bolasi uch yoshga toʻlguniga qadar bola parvarishlash taʼtilida boʻlgan xodim bilan mehnat shartnomasini xodimning malakasi yetarli emasligi sababi bilan ish beruvchining tashabbusiga koʻra Mehnat Kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 3-bandiga muvofiq bekor qilishga xodim taʼtildan chiqqan kundan eʼtiboran bir yil ichida yoʻl qoʻyilmaydi.

J.Avezov, tuman Adliya boʻlimi YUKM bosh yuriskonsulti.