Aholiga qulay turmush sharoitini yaratish yo'lida

Туман янгиликлари

28-avgust kuni mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida oʻtkazilayotgan  maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari  doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqori Kengesining Mahalliy hokimiyatning vakillikli va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini taʼminlash masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi Sharapat Otemisov tumanimizning Nazarxon ovuli aholisi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda aholining turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 30-sonli “Nazarxon” saylov okrugi deputati Guljaxan Ibragimovaning  axboroti tinglandi va aholining  murojaatlari tinglandi.
Sharapat  Otemisov  uchrashuvdan keyin  Mustaqilligimizning 32 yillik bayramiga bagʻishlangan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida  ovulda oʻtkazilgan tantanali bayram  tadbirida ishtirok etdi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati