Baxramboy Qadirov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko’ra “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi

Туман янгиликлари

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida 2023 yil 27 avgustdagi Farmoniga binoan, mamlakatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini taʼminlash, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, uning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori va nufuzini yuksaltirish, inson qadrini ulugʻlash kabi ezgu maqsadlar yoʻlidagi katta xizmatlari, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ilgʻor innovatsion texnologiyalarni joriy etish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi, jamiyatda maʼnaviy barqarorlikni saqlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlaridagi ibratli faoliyati uchun bir guruh yurtdoshlarimiz “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

Mukofotlanganlar orasida Qilichboy ovul fuqarolar yig’ini raisi Baxramboy Qadirov ham bor.
 U 1989-1990 yillarda Mang’it ishlab chiqarish-tijorat markazi chilangari, 1990-1991 yillarda “Qilichboy” xo’jaligi yonilg’i quyish shaxobchasi operatori, 1991-1992 yillarda 41-sonli kasb-hunar texnika bilim yurti fuqarolar mudofaasi muhandisi, 1992-2004 yillarda  ushbu texnika bilim yurti direktorining xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosari, 2004-2012 yillarda Maishiy xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji direktorining xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosari, 2012-2013 yillarda Qilichboy ovul fuqarolar raisi, 2013-2019 yillarda Maishiy xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji direktori, 2019 yildan buyon bugungi kungacha Qilichoy ovul fuqarolar yig’ini raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Baxramboy Qadirovni “Shuhrat” medaliga sazovor bo’lgani bilan tabriklab, uning kelgusi ishlariga zafarlar tilaymiz!

Tuman hokimligi Axborot xizmati