BANDLIKKA KO'MAKLASHISH VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH MARKAZI XODIMLARI BILAN OCHIQ MULOQOT BO'LIB O'TDI

Туман янгиликлари

Amudaryo tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirayotgan ishlar yuzasidan soha xodimlari ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazildi.
Unda Amudaryo tumani Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi rahbari  vazifasini  vaqtincha bajaruvchi Botir Saparbayev  hamda soha xodimlari ishtirok etdi.
Dastlab soha xodimlarining ish faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash jarayoni bilan tanishildi. Ish jarayoni bilan tanishish jarayonida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlari oʻrganilib,  hal etilayotgani taʼkidlandi.
2023-yil yanvar- iyul oylarida markazga  fuqarolardan  jami 431ta murojaat  kelib tushgan. Shundan boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha 736ta, kasbga tayyorlash va malaka oshirishdan  oʻtish orqali ishga joylashish boʻyicha 251ta, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish  boʻyicha 189ta, zahiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga joylashtirish tartibi va sharoitlari  boʻyicha 57ta, tadbirkorlik hamda oʻzini oʻzi band qilish hamda bandlikni ragʻbatlandiruvchi subsidiyalar  olish boʻyicha 107ta, ish qidirayotgan shaxlarga va   ishsiz shaxslarga taqdim etiladigan ijtimoiy kafolatlar toʻgʻrisida maʼlumot olish boʻyicha 91ta murojaatlar qabul qilinib, fuqarolarga tegishli masalalar boʻyicha xizmatlar koʻrsatildi.
Ochiq muloqot davomida markaz maʼmuriyati va xodimlari tumanda  aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar  yanada jonlantirilishini taʼkidladilar.

Tuman hokimligi Axborot xizmati