TINCHLIK – ULUGʻ NEʼMAT

Туман янгиликлари

Dunyodagi eng shirin tuygʻu, eng yoqimli va insonni junbushga keltiruvchi takrorlanmas soʻz – bu tinchlik!

Shu kunlarda tinchlik bilan ona qadri judayam oʻxshashligini his qilayapman.

Onamiz uyda yoʻqligida yoki betob boʻlib yotsa, ularni qoʻmsaymiz va qadrini bilamiz, tinchligimiz yoʻqolsa, unga boʻlgan muhabbatimiz ortadi. Onamiz boʻlmasa, uyimizda halovat boʻlmaydi, tinchlik boʻlmasa, hayotimizdan halovat ketadi.

Biz 100 yoshga chiqsak ham ichimizdagi joʻshqinlik va baxtimiz yurtimiz tinchligiga bogʻliq.

Bizning yoshligimizdagi tilagimiz qanday edi, 5 yashar paytimiz va shu kungacha boʻlgan vaqtdagi koʻz qarashimiz qanday edi?

Buni bilamiz, endigina tili chiqqan bolakay ham yurtimiz tinch boʻlsin, demoqda. Hech boʻlmasa, jajjigina jiyanlarimiz, ukalarimiz va farzandlarimizning bolaligini oʻgʻirlamaylik, ular ham bizdek begʻubor orzular ogʻushida ulgʻayib, oʻzlaridan bus-butun meros qoldirsin – tinchlikni!

Qarshigʻa ALIMBOYEVA,

Daryoboʻyi mahallasi.