QIPCHOQ OVULIDA “SOG’LOM ONA –SOG’LOM BOLA” TAMOYILI ASOSIDA TARG’IBOT TADBIRI BO’LIB O’TDI

Туман янгиликлари

Tumanimiz aholisining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, erta tug’ruqlarning oldini olish va “Sog’lom ona – sog’lom bola” tamoyili asosida qipchoq ovulida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda tuman Oila va xotin-qizlar masalalari bo’yicha hokim o’rinbosari G. Soburova, aholi reproduktiv salomatlik markazi xodimlari hamda mahalladagi xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida tuman Oila va xotin-qizlar masalalari bo’yicha hokim o’rinbosari G. Soburova so’zga chiqib, tumanda bu borada olib borilayotgan ishlar haqida so’zladi. Shuningdek, aholi reproduktiv salomatlik markazi rahbari R. Erimbetova aholining salomatligini yanada mustahkamlash, erta tug’ruqlarning oldini olish bo’yicha bir qancha tavsiyalar berdi.

Ona va bola skrining lobarant shifokori X. Niyatullayeva so’zga chiqib ishtirokchilarga onalik va bolalikni muhofaza qilish, tug’ish yoshidagi ayollarga to’g’ri ovqatlanish bo’yicha tushuntirish ishlari olib bordi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish markazi direktori S. Nosirova nutqida har bir xotin-qiz davlatimiz himoyasida ekanligini aytib o’tdi. Shuningdek, hozirgi kunda ichkilikka ruju qo’ygan, tazyiq va zo’ravonlikka uchragan ayol-qizlarga huquqiy va psixologik yordamlar ko’rsatilib kelinayotganligini ta’kidlab o’tdi.

Targ’ibot tadbiri yakunida ishtirokchilar shifokorlar tomonidan tibbiy ko’rikdan o’tkazildi hamda tumanda joriy yilda sog’liqni saqlash sohasida onalar va bolalarga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.  

Tuman hokimligi Axborot xizmati