TUMAN STATISTIKASI BO'LIMINING 2023-YIL YANVAR-IYUL OYLARIDAGI HISOBOTI

Туман янгиликлари

Amudaryo tumani Statistika bo’limining ma’lum qilishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra 2023-yilning yanvar-iyul oylarida tuman aholi soni  210 ming kishini tashkil qiladi.
Shuningdek, tuman qishloq xoʻjalik va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lib, jami 413,5 mlrd. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi hamda oʻsish surʼati 106,2 foizni tashkil qildi.

Xalq isteʼmol mollari  ishlab chiqarish  119,9 mlrd. soʻm, oʻsish surʼati 142,6 foizni, qurilish ishlari hajmi 195,7 mlrd. soʻm, oʻsish surʼati  106,1foizni, chakana tovar aylanmasi 431,8 mlrd. soʻm, oʻsish surʼati  103 foizni, bozor xizmatlari qiymati 352,8 mlrd. soʻm, oʻsish surʼati  111,9 foizni tashkil qiladi.
Tumanda faoliyat ko’rsatayotgan jami 310ta tadbirkorlik subyekti yangidan tashkil qilindi.  Jami roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari 2117tani tashkil qilib, oʻtgan yilning tegishli mos davriga nisbatan 122,6 % ga ya’ni 391ta subyektga koʻpaydi.
Shuningdek, tashqi savdo aylanmasi 11014,4 ming AQSH dollarini tashkil qilib, 2022 yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 212,8 % tashkil etdi.
Hisobot yilida 8192,9 ming AQSH dollarlik mahsulot eksport  qilinib, o’tgan davriga nisbatan 207,9 % tashkil qildi.
Shu jumladan, import qiymati 2821,5 ming AQSH dollarini tashkil qilib, oʻtgan yilning tegishli mos davriga nisbatan 228,7 foizga erishildi.

X.Xaytimbetov
Amudaryo tumani Statistika boʻlimi boshligʻi