QILICHBOY OVULIDA "AYOL BAXTLI BOʻLSA – JAMIYAT BAXTLI BOʻLADI" MAVZUSIDA SHUKRONALIK BAYRAMI BO'LIB O'TDI

Туман янгиликлари

Ayollarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini toʻlaqonli taʼminlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash borasidagi islohotlar mazmun-mohiyatini keng xalq ommasiga yetkazish maqsadida Amudaryo tumanining Qilichboy ovuli hududidagi Madaniyat saroyida “Ayol baxtli boʻlsa – oila baxtli boʻladi, oila baxtli boʻlsa – jamiyat baxtli boʻladi!" mavzusida shukronalik bayrami boʻlib oʻtdi.

Bayram tadbirda koʻchaboshchi ayollar, mahallaning faol xotin-qizlari, nuroniy onaxonlar qatnashdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga qaratilayotgan eʼtibor, ularning har tomonlama qoʻllab-quvvatlanayotgani haqida toʻxtalib, jamiyatda har bir ayol oʻz oilasida va yaqinlari davrasida baxtli yashashga haqli ekanliklarini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Tadbirda tuman Madaniyat bo'limi tomonidan tashkil etilgan bayramda oʻzlarining shoʻx-shodon qoʻshiqlari bilan mahalla ahlini xursand etdi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati