BOʻZSOLMA MAHALLASI AHOLISI UCHUN TIBBIY KOʻRIK TASHKIL ETILDI

Туман янгиликлари

Do‘rman ovulidagi Bo‘zsolma mahallasida joylashgan 2-sonli oilaviy poliklinikada tuman tibbiyot birlashmasining tor doiradagi mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

14ғsentyabr kuni bo‘lib o‘tgan ushbu tibbiy ko‘rikda LOR, okulist, kardiolog, ginekolog, terapevt, UZI shifokori, endokrinolog hamda oilaviy shifokorlar qatnashishdi. Tibbiy ko‘rikda hududning 184 nafar aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan 71 nafarida turli kasalliklar aniqlandi. Ushbu bemorlarning 73 nafariga tibbiy  ko‘rsatmalar bo‘yicha ambulator tavsiyalar berildi.  38 nafar bemorlar bepul dori-darmonlar bilan ta’minlandi. 1 nafar bemorga statsionar davolanishga yo‘llanma berildi. 38 nafar tug‘ruq yoshidagi ayollar UZI tekshiruvidan o‘tkazildi. 8 nafar ayol VMS, 3 nafar ayol oral kontratsepsiya vositalari bilan qamrab olindi.

Ko‘rik davomida hudud aholisiga sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish  va tibbiy madaniyat, tug‘ish yoshidagi ayollarga homiladorlikdan saqlanish va kontratsepsiya vositalaridan foydalanish, ko‘krak suti bilan emizishning afzalliklari to‘g‘risida individual tarzda suhbatlar, tushuntirish-targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

J.Yavkashev, tuman Tibbiyot birlashmasi tashkiliy-uslubiy bo‘limi mudiri.