SUD MASʼULLARINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI

Туман янгиликлари

Kuyuk ko‘pir va Bo‘z yop ovullarida sud mas’ullarining sayyor qabuli tashkil etildi.

15-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan ushbu sayyor qabulda Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudi mas’ullari va Iqtisodiy ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudi sudyasi B.Bekmuradovlar ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda 46 nafar fuqarodan 9 nafarining murojaatlari qabul qilindi. Fuqarolardan 2 nafari meros bo‘lib qolgan uy-joyiga kadastr hujjat tayyorlash yuzasidan, 1 nafari YXHB tomonidan solingan jarima jazosidan noroziligi, 2 nafari sobiq turmush o‘rtog‘i bilan qonuniy ajrashish, 1 nafari farzandiga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtirish, 1 nafari farzandiga o‘lim haqidagi guvohnoma rasmylashtirish, 2 nafari  yaqin do‘stining kredit olishiga kafil bo‘lganligi, ushbu kreditni undirish uchun MIB xodimlari uyiga kelganligini aytib, ushbu masalalarda yordam so‘rab murojaat qilishdi.

Sayyor qabuldan so‘ng, odam savdosi, ayniqsa, bolalar savdosiga qarshi kurashishda milliy qonunchilik va xalqaro huquqiy hujjatlar, yangi qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati kabilar bo‘yicha keng tushunchalar berildi. Shuningdek, qabulga kelgan fuqarolar ushbu ma’ruzalar va boshqa masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

A.Safarov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudi raisi.