MAKTABDA HAFTALIK TADBIRLARI QIZIQARLI OʻTDI

Туман янгиликлари

Tumandagi ayrim fanlarni chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan 38-sonli maktabning boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilari va yuqori sinf amaliy fanlar uslubbirlashma a’zolari tomonidan “21 sentyabr – Xalqaro tinchlik kuni”ga bag‘ishlangan haftalik tashkil etildi.

18-23 sentyabr kunlari davomida bo‘lib o‘tgan haftalik munosabati bilan sinflar kesimida she’rxonlik kechalari, rasm, texnologiya fanlari bo‘yicha tanlovlar, qog‘ozdan kabutar yasash va unga tinchlikni da’vat etuvchi istaklarni yozish mashg‘ulotlari hamda “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida sport musobaqalari tashkil qilindi.

Hafta davomida makatbning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Azamat Rahimov 3-“A” sinfda, texnologiya fani o‘qituvchisi Tursunoy Salayeva 7-“B” sinfda, Qunduz Ashirova o‘qish fanidan she’rxonlik kechasi, texnologiya fanidan Mohira Xudoyberganova 1-“A” sinfda, 4-“A” sinf rahbari Mohimjon Qurbonboyeva 4-“A” va 4-“B” sinflarda o‘quvchilar o‘rtasida “Qog‘ozdan kabutar yasash va unga tinchlikni da’vat etuvchi istaklarni yozish” tanlovini yuqori saviyada o‘tkazdilar.

Hafta davomidagi qiziqarli tadbirlar va mashg‘ulotlar o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash bilan birga faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Rohatoy Safarova, 38-sonli maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b.