TIBBIYOT XODIMLARI OʻRTASIDA SPORT MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

Туман янгиликлари

Joriy yilning 23 sentyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qo‘mitasining “Tibbiyot muassasalari xodimlari o‘rtasida «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining kubogi - 2023» sport musobaqalarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqalarda tibbiyot xodimlari sportning mini futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Qizg‘in kechgan bahslarda sportning mini futbol turi bo‘yicha 1-o‘rinni buxgalteriya bo‘limi, 2-o‘rinni tez tibbiy yordam bo‘limi, 3-o‘rinni texnik xizmat bo‘limi jamoalari qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek stol tennisi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni rengenolog shifokor N.Jamolov, ayollar o‘rtasida endokrinolog shifokor N.Yo‘ldosheva, erkaklar o‘rtasida 2-o‘rinni buxgalter E.Xudoybergenov, ayollar urtasida KTMP shifokori D.Allambergenova, 3-o‘rinni erkaklar o‘rtasida shifokor J.Yavkashev, ayollar o‘rtasida Sh.Isayevalar egallashdi. Shaxmat va shashka turlari buyicha musobaqalar davom etmoqda.

J. Yavkashev, tuman Tibbiyot birlashmasi shifokori