VETERINARIYA VA CHORVACHILIK SOHASI RIVOJLANMOQDA

Туман янгиликлари

Mamlakatimizda chorva mollari va parrandalar bosh sonini  oshirish, sohada veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya servis  xizmati  sifatini oshirish,  chorva mollarining  sog‘lom parvarishlanishini ta’minlash  bo‘yicha ishlarni  samarali tashkil etish hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda tuman Veterinariya va chorvachilik  bo‘limida 36 nafar ishchi-xodim, shundan  7 nafar veterinariya mutaxassisi, 9ta bo‘linma mudiri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Tumanda joriy yilning  8 oyi davomida  qoramolchilik yo‘nalishi bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklarda chorva mollari bosh sonini oshirishga erishildi. Hozirgi kunda  170 ming 200 bosh qoramol parvarish qilinmoqda. Shundan 400 ming 900 bosh qoramol fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi. Barcha toifadagi xo‘jaliklarda 109 ming 400 bosh  qo‘y va echkilar boqilmoqda.

Asalarichilik  ham sohaning daromadli yo‘nalishlaridan biri. Keyingi yillarda mamlakatimiz aholisiga  sifatli asal yetishtirib berish borasida ko‘pgina yutuqlar qo‘lga kiritilayapti. Joriy yilning o‘tgan davrida barcha toifadagi xo‘jaliklarda 142 ming 500 tonna shifobaxsh asal yetishtirildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ancha ko‘pdir. Baliqchilik yo‘nalishida 1 ming 100 tonna baliq yetishtirilgan bo‘lsa, shundan 182 tonnasi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek,  tumanda  parrandachilikni rivojlantirish va aholi xonadonlarida parranda boqishni tashkil qilish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, hozirgi kunda barcha toifadagi xo‘jaliklarda o‘tgan yilga nisbatan parrandalar bosh soni 1 mln. 146 ming 900taga oshirildi.

Bo‘lim tomonidan  amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar natijasida 5 ming 400 tonna go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Tumanimizda 2023 yilning 8 oyi davomida bir qancha  epizootik tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, fevral oyida quturish kasalligiga, may oyida gemorragik isitma kasalligiga, avgust oyida kuydirgi kasalligiga qarshi kurashish hamda oldini olish bo‘yicha ko‘rgazmali seminarlar tashkil etildi. Shuningdek,  hayvonlarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ishlari yillik reja asosida davom ettirilmoqda.

Chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida qoramolchilik yo‘nalishida 4ta loyiha uchun  jami qiymati 4 mlrd. 750 mln. so‘m, qo‘y va echkichilik bo‘yicha  jami qiymati 500 mln. so‘m bo‘lgan 4ta loyiha, baliqchilik bo‘yicha qiymati  1 mlrd. 382 mln. so‘m bo‘lgan 2ta loyiha, asalarichilik yo‘nalishi bo‘yicha qiymati  559 mln. so‘m bo‘lgan 11ta loyihalar  amalga oshirildi.

Hozirgi kunda asalarichilikni rivojlantirish maqsadida jami 444 mln. so‘m  tashab-buskorlarning  o‘z mablag‘i hisobidan 297ta asalari oilalari olib kelinib, parvarish qilinmoqda.

Tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari tomonidan qishloq xo‘jalik va uy hayvonlari orasida uchraydigan yuqumli, yuqumsiz va parazitar kasalliklarning oldini olish, aholining  chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha ham muayyan ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Tuman hokimligi Axborot xizmati.