Tumanimizdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bo'yicha media-tur bo'lib o'tdi

Туман янгиликлари

Amudaryo tumanidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bo'yicha "Tamara-Textile" MChJda media-tur bo'lib o'tdi.
Davlatmiz rahbarining tadbirkorlik va ishbilarmonlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etayotgan imkoniyatlaridan ilhomlanib, tumanimizda tikuvchilik sexi ochgan Tamara Yusupovaning amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishish jarayonida tadbirkorning ishbilarmon bo‘lishi jamiyatning rivoji uchun qanchalik muhim rol o‘ynashiga yana bir karra amin bo‘ldik.

Mamlakatimizda olib borilayotgan o‘zgarishlardan ilhomlanib yurt ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shish istagida tadbirkor dastlab 3 mln. so‘m, keyinchalik 40 mln. so‘mlik bank kreditlari evaziga faoliyatini boshladi.

Tamara Yusupova kredit evaziga olingan mablag‘ga turli tikuv mashinalari, dazmol stollari, tikuv sexi uchun zarur bo‘ladigan asbob-uskunalar sotib olib, ish faoliyatini muntazam ravishda kengaytirib bordi.

Ishga astoydil bel bog‘lagan tadbirkor ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlab, ko‘plab shogirdlar tayyorladi. Bugungi kunda esa buyurtmalar asosida ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlarini sifatli va hamyonbop narxlarda tayyorlab, xaridorlarga yetkazib bermoqda.

Amudaryo tumani hokimligi Axborot xizmati