To'lqin ovulida "Eng ilg'or terimchi" musobaqasi o'tkazildi

Туман янгиликлари

Ayni kunlarda dalalarda paxta yig‘im-terim ishlari qizg‘in pallada. Uni nest-nobud qilmasdan o‘z vaqtida terib olish esa bugungi kundagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Tumanimiz fermerlari hamda ilg‘or terimchilari ham dalalarda chinakamiga g‘ayrat-shijoat bilan mehnat qilishmoqda.
To‘lqin ovuli hududida faoliyat yurituvchi “Amat To‘rayev” fermer  xo‘jaligi dalalarida ham terim mavsumi  yuqori sur’atlarda  olib borilmoqda.
Fermer xo‘jaligi rahbari Erkinboy To‘rayev tomonidan terimchilarga barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Xususan dala boshida tushlikda issiq ovqat hamda paxta pullari o‘z vaqtida berilmoqda.
2023-yil 2-oktyabr  kuni fermer xo‘jalikda  tumanimiz paxta  yig‘im-terimida qatnashayotgan terimchilar o‘rtasida ”Eng ilg‘or terimchi" musobaqasi o‘tkazildi. Unda tuman bo‘yicha  jami 81 nafar terimchilar qatnashdilar.
Musobaqada To‘lqin ovulidan Bahriniso Yo‘ldosheva 303 kilogramm paxta terib 1-o‘rinni,  Oq oltin ovulidan Yulduz Qo‘chqorova 292 kilogramm  paxta terib 2-o‘rinni, Oybek mahallasidan Manzura To‘rayeva 286 kilogramm paxta terib 3- o‘rinni  egalladi.
Musobaqa g‘oliblari hamda ilg‘or terimchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Amudaryo tumani hokimligi Axborot xizmati