Yoshlarni yot g'oyalardan asrash bo'yicha targ'ibot-tushuntirish tadbirlari bo'lib o'tdi

Туман янгиликлари

5-oktabr kuni "Barkamol avlod" bolalar maktabida, 12-sonli maktabda yoshlarni yot g'oyalardan asrashga oid targ'ibot-tushuntirish tadbirlari bo'lib o'tdi.

Tadbirda tuman hokimligining din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Muzaffar Sherimbetov, tuman hokimining o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Go'zal Soburova, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Chimbaychiyeva, tuman IIB Terrorizmga qarshi kurashish katta tezkor vakili Ulug'bek Abdullayev, o‘qituvchilar hamda yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida "Barkamol avlod" bolalar maktabida ko'rgazma tashkil qilinib, terrorizm, ekstremizm kabi zararli illatlarning oqibatlari to'g'risida o'quvchilarga keng tushunchalar berildi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar yoshlar jamiyatning eng ishongan va muhim qatlami hisoblanishini, mamlakatning ertangi kuni ularning qanday shaxs bo‘lib shakllanishlari hamda maqsadlariga bog‘liqligini, shu sababdan ularni zararli g‘oyalar va yot fikrlardan himoyalash dolzarb vazifa ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Tuman hokimligi Axborot xizmati