Giyohvandlikka qarshi kurashish har birimizning burchimizdir!

Туман янгиликлари

Joriy yilning 5-oktyabr kuni Amudaryo tumani Do'rman ovuli hududida joylashgan 84-sonli maktab binosida "Giyohvandlikka qarshi kurashish har birimizning burchimizdir" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.
Unda DXX Chegara qo'shinlariga qarashli 9202 K harbiy qismi xizmatchilari, mahalla faollari, o'qituvchilar hamda yuqori sinf o'quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda giyohvandlikka qarshi kurashish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligi aytib o'tildi. Zero, u nafaqat insonning jismoniy va ruhiy holatini izdan chiqaradi, balki uning oilasiga, yon atrofiga, jamiyatga zararli ta’sir ko‘rsatadi hamda turli ijtimoiy muammolarga sabab bo‘ladi.

Mamlakatimizda giyohvandlikning oldini olishga, zararli illatning tarqalishiga imkon berayotgan omillarni bartaraf etish bo'yicha tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan.
Xususan, jamoatchilik nazorati kuchaytirilib, ta’lim muassasalarida bu boradagi ishlar ko'lamini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

Tuman hokimligi Axborot xizmati