HARBIY XIZMATCHI OʻQUVCHILAR BILAN UCHRASHDI

Туман янгиликлари

Mamlakatimizda yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ko‘ngliga Vatan himoyasi sharafli burch   ekanligini chuqur singdirish , bugungidek dorilomon hayot tarzini bunyod etish yo‘lida kurashgan ota-bobolarimizga munosib izdosh bo‘lishga intilishdek ezgu orzu-umidlarni shakllantirish borasida  izchil sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Vatanimiz kelajagi – yoshlar qo‘lida. Shu boisdan ham ularni har jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazish ishi faqatgina ta’lim muassasalarininggina emas, balki  barcha sohalar, keng jamoatchilikning umumiy  vazifasidir. Buningdek ezgu maqsadga hissa qo‘shish uchun yaqinda Mang‘it shahrida faoliyat yuritayotgan 36 sonli maktabda  o‘quvchilarning harbiy sohaga oid bilimlarini mustahkamlash, milliy armiyamizning kuch-qudrati haqidagi xabardorligini oshirishga xizmat qiluvchi tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda maktab chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi Mahmud Qurbonboyev, Mang‘it shahrida faoliyat yuritayotgan Davlat xavfsizlik xizmati  Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism xizmatchisi Sherzod Atayevlar ishtirok etdilar. O‘quvchilar bilan do‘stona suhbat tarzida bo‘lib o‘tgan tadbirda  Sherzod Atayev o‘zining kasbiy faoliyati , Vatan sadhadlarining daxlsizligini asrash yo‘lida xizmat qilish shararfli ish ekanligi xususida gapirib berdi,  o‘quvchilarning  sohaga doir savollariga batafsil javoblar qaytardi. Tadbir o‘quvchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

Oygul RAJABOVA