MAKTABLARDA “DAVOMAT” TADBIRI OʻTKAZILDI

Туман янгиликлари

Amudaryo tumanida umumta’lim maktablarda ta’lim-tarbiya olayotgan voyaga yetmagan o‘quvchilarning O‘quvchi-yoshlarning nazoratsiz qolishi va sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida «Davomat» tadbiri o‘tkazildi. Ushbu nazorat tadbirlari davomida maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar bilan dars jarayonida o‘qishga bormasdan bemaqsad yurgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, ularni o‘qishga qaytarish va davomatni yaxshilash masalalari yuzasidan suhbatlashildi.
O‘rtaqal’a ovulidagi 64-sonli maktab va Arnabo‘yi mahallasidagi 27-sonli maktablarda ham voyaga yetmaganlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, maktab ichki tartib-qoidalari, uyali telefon, ya’ni ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish kabilar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida ta’lim muassasalarining 9-11-sinf o‘quvchilari dars mashg‘ulotlariga qatnashish jarayonlari tekshirilib, maktabga kelmagan o‘quvchilarning sabablari o‘rganildi. Tegishli tartibda bir qator o‘quvchilarning smartfonlarida taqiqlangan materiallar, pornografik mazmunga o‘xshash foto va video lavhalar mavjud yoki mavjud emasligi tekshirildi.
Har bir maktabga shu hududga biriktirilgan inspektor-psixolog haqidagi ma’lumotlar qayd etilgan peshlavhalar, o‘quvchilarga esa vizitkalar tarqatildi.


N.Erdosheva, tuman IIB JXX HPB VЕMB

inspektor-psixologi, leytenant.